Jahon | 01:13 / 10.06.2018
5703
2 daqiqa o‘qiladi

Floridada arzimagan sabab tufayli qurol sotib oluvchi shaxslar tekshirilmagan

Foto: Vocativ

AQShning Florida shtatida fuqarolarning sudlanganliklari va tibbiy tarixlari tekshirilmay turib bir yildan ko‘proq vaqt davomida qurol sotilgan. Bu esa Qishloq xo‘jaligi va iste'molchilik tovarlari departamenti xodimasi milliy ma'lumotlar bazasida qayd qilina olmagani sababli yuz bergan. Bu haqda Tampa Bay Times nashri ma'lum qildi. 

Departament ma'lumotlar bazasidan fuqarolarning jinoiy o‘tmishi va ruhiy sog‘lomligini tekshirish uchun foydalangan. Ta'kidlanishicha, qurol sotib oluvchilar 2016 yil fevralidan 2017 yil martigacha tekshirilmagan. Bu haqda ilk bor departamentda tekshiruv o‘tkazilgandan keyin 2018 yil 9 iyunda ma'lum bo‘lgan.

Hisobotda aytilishicha, xodima tizimda bir yildan ko‘proq vaqt qayd qilina olmagan va bu haqda hech kimga ma'lum qilmagan. Uning tan olishicha, “buni qilishi kerak bo‘lgan, biroq yanglishgan”. Ma'lum qilinishicha, departament bir yildan ko‘proq vaqt ichida tekshirilmagan holda qurol sotib olishga minglab arizalarni ma'qullagan.  

Ta'kidlanishicha, shu voqeadan keyin xodima ishidan bo‘shatib yuborilgan va har bir ariza sinchkovlik bilan tekshirib chiqilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid