Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapur AQSh va KXDR sammitini o‘tkazishga qancha mablag‘ sarflamoqda?
Singapurda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirokida o‘tadigan sammitning qiymati 20 million dollarga yaqinni tashkil qiladi. Straits Times nashri Singapur bosh vaziri Li Syanlunning so‘zlariga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Li Syanlun bu xarajatlar Singapurning xalqaro sa'y-harakatlarga qo‘shadigan hissasi ekani va mamlakat bundan manfaatdor ekanini ta'kidladi.
"Biz bu xarajatlarni o‘z zimmamizga olishga tayyormiz", - deydi bosh vazir. U sarflanayotgan mablag‘ning deyarli yarmi xavfsizlikni ta'minlashga yo‘naltirilganini qo‘shimcha qildi.
Li Syanlun mazkur sammit Singapur foydasi uchun xizmat qilishini qayd etdi. "Bu jahon hamjamiyati e'tiborini bizga qaratadi. Bizni uchrashuv joyi sifatida tanlashgani (holbuki biz bu haqida so‘ramaganmiz) - Singapurning tomonlar - AQSh, KXDR bilan munosabatlari, shuningdek bizning xalqaro hamjamiyatdagi pozitsiyamizdan dalolat beradi", - dedi bosh vazir.
Ta'kidlash joizki, 12 iyun kuni Singapurda tarixda ilk marta AQSh va KXDR o‘rtasida sammit o‘tkazish rejalashtirilgan. Unda Amerika prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashadi.
Mavzuga oid
22:34 / 12.06.2026
Tulsi Gabbard AQSh biolaboratoriyalari haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi
20:26 / 12.06.2026
Trampning shov-shuvli smartfoni Xitoy telefonining to‘liq nusxasi bo‘lib chiqdi
20:03 / 12.06.2026
Eron AQSh bilan kelishuv doirasida tiklanish uchun 300 milliard dollar talab qildi
18:05 / 12.06.2026