Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Iroq shimolida harbiy amaliyot boshlanganini e'lon qildi
Foto: AFP
Iroqning Qandil va Sinjar tumanlarida terrorchilarga qarshi amaliyot boshlandi, deya ma'lum qildi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya harbiy-havo kuchlarining 20ta samolyoti Kurdiston ishchi partiyasi 14ta yirik obektini yo‘q qilgan.
«Bu faqat boshlanishi, hamda amaliyot davom ettiriladi. Turkiya qurolli kuchlari Iroqning Qandilini terrorchilardan tozalaydi, bu xuddi Suriyadagi Afrin, Jyerablus, Al-Bob va Azaz tumanlarida bo‘lgani kabi yuz beradi», - deya aytib o‘tdi Erdo‘g‘an.
Turkiya yetakchisining qayd etishicha, barcha terrorchilar ertami yoki kech, o‘z jinoyatlari uchun javob beradi.
Davlat rahbarining eslatishicha, Suriyaning Afrinida «Zaytun novdasi» amaliyoti doirasida 4500 dan ortiq terrorchilar neytrallashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erdo‘g‘an Turkiya Iroqda ham terrorchilarni yo‘q qilishi haqida aytgandi.
Mavzuga oid
19:44 / 25.04.2026
AQSh–Eron urushi fonida Turkiya nega asabiylashmoqda?
18:07 / 25.04.2026
Eron urush tufayli yopilgan xalqaro aviaqatnovlarni qayta tikladi
23:00 / 24.04.2026
Turkiyada 15 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlarga kirish taqiqlandi
22:57 / 23.04.2026