Jamiyat | 15:59 / 11.06.2018
14408
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda MChJ rahbari ayol kishini pichoqladi

Illyustrativ foto

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 10 iyun kuni Sherobod mahallasida yashovchi shu mahallada joylashgan MChJlardan birining rahbari Z.K. shu MChJ qorovulxonasida o‘zaro janjal oqibatida Angor tumanida yashovchi G.R. ismli ayolga pichoq urib jarohat yetkazgan. 

Natijada G.R. kasalxonaga yotqizilgan. Z.K. ushlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid