O‘zbekiston | 22:20 / 12.06.2018
2496
2 daqiqa o‘qiladi

13 iyun kuni O‘zbekiston va Belarus ishbilarmon doiralari uchrashadi

Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Belarusga tashrifi doirasida 13 iyun kuni  ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish hamda mustahkamlash istiqbollariga bag‘ishlangan muhokamalar doirasi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat investitsiya qo‘mitasining Tashqi aloqalar, OAV, internet va ijtimoiy tarmoqlardagi targ‘iboti bo‘limi shu haqida ma'lum qildi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat investitsiyalar qo‘mitasidan Shamil Burnashev ishtirok etadi.

Yig‘ilishda shuningdek O‘zbekiston va Belarus ishbilarmonlar doiralar vakillari qatnashishadi. O‘zaro munosabatlarni chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan yo‘l xaritasi doirasida 2018 yil uchun savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik istiqbollari muhokamasi rejalashtirilgan. 
 
Ta'kidlash joizki, ikki tomonlama hamkorlikka doir mazkur yo‘l xaritasi Minskda V Hukumatlararo komissiya qo‘shma yig‘ilishida imzolangan. Mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida mashinasozlik, agrosanoat komplekslari, qurilish sanoit, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika va boshqa sohalar belgilangan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid