Sport | 08:51 / 12.06.2018
6223
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik hakam Martin Atkinson Rossiyaga velosipedda yo‘l oldi

Foto: 24sata

Angliyalik futbol hakami Martin Atkinson Whistle Stop Tour xayriya aksiyasi doirasida Rossiyaga velosipedda yo‘l oldi.

47 yoshli hakam o‘z sayohatini Staffordshirda boshlagan va uni 28 iyunda Kaliningradda yakunlaydi. Shu kuni Angliya terma jamoasi JCh-2018 guruh bosqichida o‘zining oxirgi o‘yinini Belgiyaga qarshi o‘tkazadi. Atkinson 2735 km yo‘l bosib o‘tadi. U o‘z yo‘lida Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Germaniya va Polsha hududlarini kesib o‘tadi.  

Aktsiyada hakamdan tashqari yana bir ingliz hakami Jon Moss ham ishtirok etmoqda. Ular yo‘lga tushishlaridan oldin yig‘ilishi rejalashtirilgan 80 ming dollardan 70 mingi yig‘ib bo‘lingan. Bu pullar 4 ta xayriya tashkiloti o‘rtasida taqsimlanadi.

“Bu katta sinov bo‘ladi! Biz maqsadga erishish uchun og‘riqlarga chidaymiz. 2016 yilda Premer-liganing barcha stadionlarini aylanib o‘tgandik, o‘shanda masofa 1700 km ga yaqinni tashkil qilgan”, deb aytgan Atkinson.

E'tiborlisi, joriy jahon chempionatida 1938 yildan beri ilk bor birorta britaniyalik hakam ish olib bormaydi. 

Mavzuga oid