Ichimlik suvi bo‘yicha 4 million so‘mlik noreal qarzdorlik bekor qilindi
Urganch tumanida yashovchi fuqarolardan biriga ichimlik suvi bo‘yicha yuklatilgan 4 million so‘mlik qarzdorlik olib tashlandi. O‘zbekiston Respublikasi iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Urganch tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning Mustaqillik ko‘chasida yashovchi fuqaro S.Zaripova murojaat qilgan.
Murojaatda ko‘rsatilishicha, TMSQFB Urganch tuman bo‘limi ichimlik suvidan iste'molchiga asossiz ravishda 4 million so‘m qarz hisoblagan.
Tuman jamiyati ushbu murojaat yuzasidan iste'molchi manfaatini ko‘zlab, noreal qarzdorlikni olib tashlash bo‘yicha Urganch tuman ma'muriy sudiga da'vo arizasini kiritdi.
Ma'muriy sudning qaroriga asosan iste'molchiga yuklatilgan 4 million so‘m qarzdorlik olib tashlandi.
Mavzuga oid
12:32 / 08.09.2024
“O‘zsuvta’minot” muhim eslatma bilan chiqdi
22:38 / 07.09.2024
Suvsiz O‘zbekiston. Eski mavzuning yangi tafsilotlari
23:15 / 05.09.2024
Poyezdlar to‘xtab turganida ham konditsioner o‘chmaydigan bo‘ladi - O‘TYY rahbari
18:20 / 24.08.2024