Jahon | 22:17 / 12.06.2018
11063
2 daqiqa o‘qiladi

Mashhur basketbolchi Kim Chen Inni katta bolaga qiyosladi

Milliy basketbol uyushmasining sobiq yulduzi, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan bir necha bor uchrashgan Dennis Rodman Kimni AQShga tashrif buyurishni va o‘z xalqiga farovon hayotni ta'minlashni orzu qiluvchi katta bolaga qiyosladi.

Foto: AP/ KCNA / Korea News Service

Ayni vaqtda Singapurda bo‘lgan Rodmandan Kim Chen In qanday odam ekanligini so‘zlab berishni so‘rashganda uni chiroyli hayotga intiluvchi katta bola deb atagan. Uning fikricha, Kim o‘z xalqini va o‘z sha'nini himoya qilishga harakat qiladi.

“Bu yigit dunyo bo‘ylab kezishni, AQShga kelishni va hayotdan lazzat olishni istaydi. U, shuningdek, xalqi ham hayotdan bahra olishini istaydi”, deb qo‘shimcha qilgan Rodman.

Rodmanning aytishicha, Kimning AQShga hech qanday adovati yo‘q. “U amerikaliklarni yaxshi ko‘radi, AQShga borishni, basketbol uchrashuvini ko‘rishni istaydi”, deb aytgan sobiq basketbolchi.

Kim Chen In basketbolga muxlislik qilishi bilan tanilgan. Rodman oxirgi yillarda bir necha bor Shimoliy Koreyaga tashrif buyurgan.

Rodman, shuningdek, Donald Tramp va Kim Chen Inning uchrashuvini ijobiy baholadi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid