O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.
Davlat rahbari Farg‘ona viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishadi, xalq bilan muloqot qiladi.
Shuningdek, prezident viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha galdagi muhim vazifalarni belgilab beradi.