Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: farzandlarimiz eng yaxshi sharoitlarga munosib
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev Oltiariq tumani Qapchig‘oy mahallasidagi «Smart kids» maktabgacha ta'lim muassasasini borib ko‘rdi.
Davlat-xususiy sherikchilik asosida ishga tushirilgan ushbu bog‘cha 210 bolaga mo‘ljallangan. Kichkintoylarni har tomonlama rivojlantiradigan o‘yinchoq va inventarlar bilan jihozlangan. Bugungi kunda Farg‘ona viloyatida 38ta shunday zamonaviy maktabgacha ta'lim muassasasi ishga tushgan.
Shu yerda maktabgacha ta'lim tizimida tatbiq etilayotgan Integratsiyalashgan monitoring elektron tizimi taqdimoti o‘tkazildi. Bu tizimda mamlakatdagi har bir bolaning tug‘ilishidan to voyaga yetguncha bo‘lgan holati, sog‘ligi, rivojlanishi, o‘zlashtirishi haqida ma'lumotlar jamlanadi. Shuningdek, unda tarbiyachilar, bog‘chalar, ularga ehtiyoj to‘g‘risida ham barcha axborotlar bo‘ladi.
«Bu ta'lim-tarbiya tizimining asosi, o‘ziga xos oynasi. Undagi ma'lumotlarni kuzatish, tahlil qilish orqali ta'lim-tarbiyada nimalarga e'tibor berishimiz kerakligini aniqlaymiz. Bizning farzandlarimiz eng yaxshi, zamonaviy sharoitlarga munosib», deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirgan prezident matbuot xizmati.
Prezident ushbu elektron tizimni ma'lumotlar bilan to‘ldirish, uni ta'limning keyingi bosqichlarida ham qo‘llash bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Mavzuga oid
18:07 / 02.01.2026
“Ko‘rib ko‘zingiz quvnaydi” – qishda ham ishkomda saqlanayotgan uzumlar
19:21 / 04.09.2025
“15 kundirki bog‘cha darvozasi yopiq” – Oltiariqdagi davlat bog‘chasida bolalar ovqatdan zaharlandi
11:15 / 01.09.2025
Murodga yetaklagan umid: Toshkentni ko‘rishni orzu qilgan farg‘onalik ayol metroda ham sayr qildi
18:03 / 24.08.2025