O‘zbekiston | 12:26 / 12.06.2018
6119
2 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlarga Toshkent viloyatidagi KSZ a'zosi bo‘lish taklif etildi

Toshkent viloyati hokimligi tadbirkorlar O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi PQ-3194-sonli qaroriga asosan Toshkent viloyatida yaratilgan Kichik sanoat zonalari a'zosi bo‘lishga taklif etmoqda.

Kichik sanoat zonasi a'zolari belgilangan tartibda 2 yil mobaynida mol-mulk solig‘i va daromad solig‘idan ozod bo‘lishlari mumkin va bu muddatlar tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 30 foizidan kam bo‘lmagan miqdori xorijiy mamlakatlarga eksport qilinsa yana 2 yil muddatga uzaytirilishi mumkinligi qonunchilikda ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Kichik sanoat zonasi a'zolariga taqdim qilinadigan yer yoki bino-inshootlar, xususiylashtirish sharti bilan “nol” qiymatda 10 yil muddatga ijaraga beriladi. Tashkil qilingan kichik sanoat zonalari chegara hududigacha elektr, tabiiy gaz va suv tarmoqlari tortilgan.

Hozirda Toshkent viloyati Angren shahar (1,95 ga), O‘rta Chirchiq tumani (1,0 ga), Bekobod tumani (1,87 ga, 1204,0 kv.m. bino), Quyi Chirchiq tumani (2,16 ga, 1925,0 kv.m. bino), Oqqo‘rg‘on tumani (0,20 ga, 366,5 kv.m bino) va Piskent tumani (1,27 ga, 418,7 kv.m. bino) kichik sanoat zonalarida bo‘sh yer maydonlari va bino-inshootlar mavjud.

Murojaat uchun telefonlar:

Angren shahar Kichik sanoat zonasi – (+99894) 409-00-84
O‘rta Chirchiq tumani Kichik sanoat zonasi – (+99890) 349-90-82
Bekobod tumani Kichik sanoat zonasi – (+99899) 401-80-39
Quyi Chirchiq tumani Kichik sanoat zonasi – (+99890) 330-50-43
Oqqo‘rg‘on tumani Kichik sanoat zonasi – (+99890) 175-07-78
Piskent tumani Kichik sanoat zonasi – (+99893) 189-39-36
Toshkent viloyati hokimligi Ishchi organi –  (+99871) 231-86-08; 231-86-12

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid