Tramp va Kim Chen In imzolagan hujjat surati paydo bo‘ldi
Tvitterda AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR oliy rahbari Kim Chen In sammitdan so‘ng imzolagan yakuniy hujjat surati paydo bo‘ldi. Foto ABC jurnalisti Konor Finnegan tomonidan e'lon qilingan.
Yetakchilarning qo‘shma bayonotida aytilishicha, ular o‘zaro chuqur va samimiy fikr almashishgan. Shuningdek, unda Pxenyanning yadrosizlanish tarafdori ekani ta'kidlanadi.
Bundan tashqari, bayonotda to‘rtta band bor, ularda tomonlarning keyingi qadamlari aks etgan. Ulardan birinchisida har ikki davlatning yangi munosabatlarni o‘rnatishga sodiqligi qayd etiladi.
«Qo‘shma Shtatlar va KXDR Koreya yarim orolida uzoq va barqaror tinch rejimini qurish uchun sa'y-harakatlarni birlashtiradi», - deyiladi ikkinchi bandda.
Uchinchi va to‘rtinchi bandda yarim orolning yadrosizlanishi hamda Shimoliy Koreya hududida amerikalik harbiylar jasad qoldiqlarini qidirish haqida so‘z yuritilgan.
Seshanba, 12 iyun kuni, Singapurda AQSh - Shimoliy Koreya sammiti bo‘lib o‘tdi. Davlatlar yetakchilari Sentos orolidagi «Kapella» mehmonxonasida yakuniy hujjatni imzolashdi, uni Tramp va Kim Chen In «atroflicha», deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kim Chen Inga o‘zining limuzinini ko‘rsatgandi.
Mavzuga oid
20:44 / 04.10.2024
Kim Chen In Shimoliy Koreyaga hujum qilinsa, yadro qurolidan foydalanish bilan tahdid qildi
16:17 / 04.10.2024
Yarim asrda birinchi marta: Singapurda sobiq vazir pora olgani uchun qamaldi
18:21 / 19.09.2024
Do‘stona davlatlar bo‘ylab turne. Shoyguning KXDR, Eron va Suriyaga tashriflari ortida nima bor?
14:33 / 10.09.2024