AQŞ prezidenti Donald Tramp KXDR yetakçisi Kim Çen In bilan sayr davomida unga özining prezidentlik limuzinini körsatgan. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Seşanba, 12 iyun kuni, Singapurda AQŞ - Şimoliy Koreya sammiti bölib ötmoqda. Davlatlar yetakçilari uçraşuv ötkazişdi, hozir vaqtda yakuniy hujjatlarning imzolanişi kutilmoqda.

Agentlik ma'lumotlariga köra, AQŞ Maxfiy xizmati xodimlari The Beast («Yirtqiç») nomi bilan maşhur prezidentlik limuzini eşigini oçib berişgan, şundan söng Tramp Kim Çen Inga avtomobil salonini körsatdi.

Jurnalistlar AQŞ va KXDR yetakçilari nima haqida gaplaşişganini eşitişmagan, biroq ta'kidlaşiça, Şimoliy Koreya yetakçisi «tabassum qilib turgan».

Eslatib ötamiz, avvalroq Kim Çen In KXDRning yadroviy qurolsizlanişi böyiça savolga javob qaytarmagani xabar berilgandi.