Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1000 dollar talab qilgan soxta ichki ishlar xodimi qo‘lga olindi
Andijon viloyati IIB Matbuot xizmatining bergan ma'lumotiga ko‘ra, Andijon tumanida yashovchi fuqaro O‘.X.ga o‘zini Andijon shahar IIBda ishlovchi “Eldor” deb tanishtirgan shaxs qo‘ng‘iroq qiladi. U o‘zining turmush o‘rtog‘iga SMS yozib, u bilan ishqiy munosabatda bo‘lib kelayotganligi yuzasidan fuqaro O‘.X. ustidan ichki ishlar idorasiga ariza qilganligini va unga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirayotganligini aytib qo‘rqitadi.
Kelgusida mazkur holat yuzasidan unga nisbatan chora ko‘rmaslik va uni oila a'zolarini oldida sharmanda qilmaslik evaziga, “Eldor” fuqaro O‘.X.dan dastlab 1.000 AQSh dollari talab qiladi. O‘.X. buncha miqdorda puli yo‘qligini aytadi. Shundan so‘ng qo‘ng‘iroq qilgan shaxs ushbu ishlarni ijobiy hal qilish evaziga, O‘.X.dan 400 AQSh dollari miqdorida pul berishini, agar talab qilingan pulni bermasa O‘.X.ni jinoiy javobgarlikka tortib yuborishini bildiradi.
Olingan tezkor ma'lumotga asosan, joriy yilning 8 iyun kuni Andijon viloyati IIB O‘z xavfsizligi bo‘limi hamda Jinoyat qidiruv boshqarmasining mas'ul xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. “Eldor” fuqaro O‘.X.dan 300 AQSh dollari miqdoridagi pulni olayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan surishtiruv ishlari davomida, o‘zini Andijon shahar IIBda ishlovchi “Eldor” deb tanishtirgan shaxs, aslida fuqaro I.M ekanligi, ichki ishlar idoralari tizimida esa umuman faoliyat yuritmasligi ma'lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:01 / 24.12.2025
OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozonmadi va guruhda qolib ketdi
12:21 / 22.12.2025
Andijonda bozor rastasi quladi (video)
22:08 / 13.12.2025
Andijon va Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
08:25 / 11.12.2025