Samarqand viloyatida mudhish qotillik yuz berdi
Joriy yilning 9 iyun kuni Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanidagi Zarafshon daryosidagi daraxt shoxchalariga ilingan osiyo millatiga mansub, 45-50 yoshlardagi noma'lum erkak kishining jasadi topilgan edi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertiza xulosasi natijasida topilgan jasad cho‘kib vafot etmaganligi ma'lum bo‘lgan.
Ko‘rilgan tezkor choralari natijasida, ushbu jinoyatni marhum M.X.ning birga yashovchi o‘g‘li Sh.M. shu yilning 30 may kuni uyida otasi mast holda janjal qilganligi uchun uni bo‘g‘ib o‘ldirganligi va bu holatdan xabardor bo‘lgan Sh.M.ning birga yashovchi onasi Sh.X. ham o‘g‘il o‘z otasini o‘ldirganini yashirish maqsadida u bilan birgalikda turmush o‘rtog‘ining jasadini gilamga o‘rab, ustiga temir jism bog‘lab 31 may kuni Qoradaryoga olib borib, suvga tashlab yuborganliklari aniqlangan.
Ona-bola jinoyatchilar qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryodagi qoramol bozorida qotillik yuz bergani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:46
Yollanma qotillar, sirli buyurtmachi va chalg‘itilgan tergov – Namangandagi mudhish qotillik tafsiloti
16:00 / 04.10.2024
Samarqandda O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlar rahbarlari kengashi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
21:04 / 02.10.2024
Hindistonda o‘qituvchilar «maktab farovonligi» uchun o‘quvchini qurbon qilishdi
07:15 / 02.10.2024