Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Putin bilan muzokara o‘tkazadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RF rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qilgan.
Uning qayd etilishicha, muzokaralar davomida OPeK bilan kelishuv masalasi muhokama qilinishi mumkin.
«Bu rejalashtirilmoqda», - deya javob qaytargan Peskov tegishli savolga.
Shu bilan birga, prezident matbuot kotibining ta'kidlashicha, Putin valiahd shahzoda bilan OPeKdan chiqish ehtimolini muhokama qilishni mo‘ljallamagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq JCh-2018 ochilish marosimida ishtirok etadigan davlat rahbarlari ma'lum qilingandi. Ular orasida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon ham bor.
Mavzuga oid
14:20
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
20:04 / 08.06.2026