Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya OAV Singapur sammitini KXDR «buyuk g‘alabasi» deb atadi
Shimoliy Koreya OAV Singapurdagi sammitni KXDRning «buyuk g‘alabasi» deb atadi, deya yozmoqda «Bi-bi-si».
Shimoliy Koreya OAV davlat tomonidan butunlay nazorat qilinadi va siyosiy voqealarga kamdan-kam izoh beradi. Kim Chen Inning faoliyati real vaqt rejimida undan ham kam yoritiladi.
Biroq Singapur sammiti Kim Chen Inning AQSh prezidenti Donald Tramp yonida turgani tasvirlangan ko‘plab fotosuratlari bilan barcha birinchi sahifalarni egalladi.
«Nodon sinmun» davlat gazetasi sammitni «asr uchrashuvi» deb atagan. Koreya Markaziy telegraf agentligi ingliz tilida optimistik maqola e'lon qilib, yetakchilar uchrashuviga tarixiy inqilob, deya baho berdi.
Markaziy telegraf agentligi ikki yetakchini teng tasvirlab, Kim Chen Indan iqtibos keltirgan. Unda «bir-biriga nisbatan qo‘zg‘atuvchi va shafqatsiz harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risida jiddiy qaror qabul qilish» haqida aytiladi. Markaziy telegraf agentligi har ikki yetakchining AQSh va Shimoliy Koreyaga o‘zaro hurmat ramzi sifatida tashrif buyurish istagi haqida ham xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kim Chen Inga iPad’da KXDR kelajagini ko‘rsatgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026