AQŞ prezidenti Donald Trampning KXDR yetakçisi Kim Çen In bilan qöşma bayonot imzolanganidan söng taşkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qilişiça, uçraşuv davomida unga iPad’da videorolik körsatgan. Unda KXDRda köçmas mulk sotuvi nuqtai nazaridan oçilayotgan imkoniyatlar tasvirlab berilgan, deb xabar qilmoqda CNN.
«Masalan, ularda ajoyib sohilböylari bor. Siz buni deyarli barça joyda körasiz, ular zambaraklar bilan okeanga otişganida ham köriş mumkin. Men şunday dedim: «Bunday körinişning tengi yöqdir». Bu köp xonadonli uylar uçun ajoyib joy emasmi? Men şunday dedim: «Buning örniga, sizda jahondagi eng yaxşi mehmonxonalar paydo bölişi mumkin», - deya aytib ötdi Tramp.
Trampning sözlariga köra, Şimoliy Koreya yetakçisiga vaziyat haqida köçmas mulk savdosi nuqtai nazaridan öylab körişni maslahat bergan.
AQŞ yetakçisining aytişiça, Kim Çen In özi körgan tasvirlardan hayratga tuşgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp va Kim Çen In imzolagan hujjat surati paydo bölgandi.













