Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Britaniyaga Rossiya tajovuzkorligiga qarshi kurashish bo‘yicha taklif bilan chiqdi
Foto: TASS/Zuma
Ukraina Oliy radasi spikeri Andrey Parubiy Buyuk Britaniyaga tashrifi vaqtida ushbu davlat hukumatiga «Rossiyaning gibridli tajovuzkorligiga» qarshi kurashish maqsadida parlamentlararo guruh tashkil etishni taklif qildi. Bu haqda siyosatchi tvitterdagi sahifasida yozgan.
«Buyuk Britaniya parlamentining Vakillar palatasi xorijiy ishlar bo‘yicha qo‘mita raisi Tom Tugendxatga Rossiya gibridli tajovuzkorligiga qarshi kurashish uchun parlamentlararo guruh tashkil etishni taklif qildim. Xususan, bu yolg‘on axborotlar tarqatish bilan kurashish uchun kerak», - deya yozgan Parubiy.
Shuningdek, uning ma'lum qilishicha, Britaniya mudofaa vaziri Mark Lankasterga Ukrainaga berilgan yordam uchun minnatdorlik izhor qilgan. Xususan, u Lankesterga «Rossiya tajovuzkorligiga» qarshi kurashayotgan ukrainalik harbiylarni o‘qitishda ishtirok etganlik uchun minnatdorlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ukrainalik deputat Rossiyani qanday qilib mag‘lub etish mumkinligini aytgandi.
Mavzuga oid
17:15 / 07.03.2026
Qozog‘istonda «Pervyy» va boshqa Rossiya telekanallari namoyishi to‘xtatildi
14:47 / 07.03.2026
Orban “Drujba” quvuri ta’miri tugamaguncha Ukrainaga yordamni to‘sib qo‘yadi
14:29 / 07.03.2026
“300 ga 300”: Ukraina va Rossiya harbiy asirlar almashdi
12:25 / 07.03.2026