Ukraina öz fuqarolarini baxtli qilsagina, Rossiyani mağlub etişi mumkin. Bu haqda Oliy rada deputati, «Hayot uçun» partiyasi yetakçisi Vadim Rabinoviç «112 Ukraina» kanalidagi dasturda ma'lum qilgan.

Rabinoviçning körsatişiça, Rossiyaga qarşi sanksiyalar Kiyev uçun «Ğarbning yagona qöllab-quvvatlovi» hisoblanadi, biroq ular Rossiya böyiça amal qilmayapti. Rada deputati sanksiyalarni Ukrainadagi siyosiy kuraş mexanizmi, deb atagan.

Rabinoviçning fikriça, bunday tarzda «duşmanni mağlub etib» bölmaydi. Uning taxminiga köra, hamma Ukrainadagi hayot darajasiga hasad qilişi kerak, şuni amalga oşiriş darkor.

«Biz sanksiyalar ğalaba qozonayotgani haqida emas, balki özimiz ğalaba qozonişimiz haqida öylaşimiz lozim. Biz şunday davlatni qurişimiz kerakki, bunda har bir qöşni: Rossiya, Belarus, Vengriya va Polşa Ukrainadagi odamlar qanday yaşayotganiga hasad qilişi kerak. Qanday sanksiyalar?» - deya aytib ötdi Rabinoviç.

Eslatib ötamiz, avvalroq Poroşenko Putin bilan telefon orqali muloqot ötkazgandi.