Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Rossiyaga S-500 majmualarini birgalikda ishlab chiqarishni taklif qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiyaning S-500 zenit-raketa majmuasini birgalikda ishlab chiqarish taklifini bildirdi. Erdo‘g‘an bu haqda TV 24 telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Rossiya bizga maqbul shartlarda S-400 bo‘yicha kredit taqdim qildi. 2- va 3-bosqichda biz majmuani birgalikda ishlab chiqarishga o‘tamiz. Men Rossiyaga, shuningdek, S-500’ni birgalikda ishlab chiqarishni taklif qildim”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Bundan tashqari, Erdo‘g‘an AQSh va NATOning S-400 yetkazib berilishi bo‘yicha kelishuvlar tanqidiga javob qaytardi.
“Nima uchun ular Gretsiyada bor bo‘lgan S-300 haqida hech narsa deyishmayapti? Turkiyaga nisbatan bunday munosabatni tushunish qiyin. Bizning mudofaa sanoatimizning o‘z ehtiyojlari bor va biz ularni qondirishga intilamiz”, deb aytgan Turkiya yetakchisi.
Avvalroq Erdo‘g‘an Anqara zarurat yuzaga kelsa, S-400 majmualarini qo‘llashga tayyorligini aytgandi.
Mavzuga oid
22:50 / 22.06.2026
Rossiyada 8 yoshli qahramon Xizir Derbichevning jasadi topildi
21:39 / 22.06.2026
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026