Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya KXDR bo‘yicha yagona pozitsiyaga ega
Foto: Getty Images
AQSh tashqi siyosat idorasi rahbari Mayk Pompeoning ma'lum qilishicha, Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya tomoni KXDRga qarshi sanksiya rejimini saqlab qolish muhim, deb hisoblaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Pompeo Xitoy, Yaponiya hamda Janubiy Koreya TIV rahbarlari bilan muzokaralardan so‘ng shunday bayonot bergan. Unda Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘rtasida bo‘lib o‘tgan sammit muhokama qilindi.
«Bu uch davlatning har biri KXDRga qarshi amaldagi sanksiya rejimini yadrosizlanish butunlay yakunlanmagunga qadar saqlab qolish muhimligini tasdiqladi», - deya aytib o‘tdi Pompeo.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Singapurdagi sammitdan so‘ng darhol KXDRga yetib borgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:47 / 21.01.2026
Sindzo Abeni otib o‘ldirgan shaxs umrbod qamoqqa hukm qilindi
15:57 / 20.01.2026
Yaponiya bosh vaziri muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishini e’lon qildi
13:38 / 19.01.2026
Xitoy iqtisodiyoti 2025 yilda 5 foizga o‘sdi
23:16 / 17.01.2026