KXDR yetakçisi Kim Çen In Singapurdagi sammit yakunlanganidan söng darhol Pxenyanga qaytib kelgan. Bu haqda Şimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar qilmoqda.
Reuters’ning yozişiça, Kim Çen In AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralardan söng Xitoyga jönab ketişi, u yerda XXR raisi Si Tszinpin bilan yakunlarni muhokama qilişi kutilgandi.
Biroq, Markaziy telegraf agentligi xabariga köra, Kim Çen In Pxenyanga çorşanba, 13 iyun kuni, soat 07.00da yetib kelgan. Şu bilan birga, ta'kidlanişiça, Singapur aeroportida uni mamlakatning yuqori mansabli amaldorlari kuzatib qöygan bölsa, Şimoliy Koreya poytaxtida partiya rahbarlari kutib olgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şimoliy Koreya OAV Singapur sammitini KXDR «buyuk ğalabasi» deb atagandi.













