Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik deputat Ukrainaga tahdid qildi
Rossiya Davlat dumasining Qrimdan deputati Ruslan Balbekning aytishicha, Ukraina tomoni Azov dengizi hududida turli xildagi zarba guruhini tashkil etmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
Balbekning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Rossiya chegaralari yaqinida hujumkor aviatsiyani ham joylashtirmoqda.
«Ukraina tomonidan futbol bo‘yicha jahon chempionati vaqtida Rossiya chegaralari yaqinida turli xildagi zarba guruhining tashkil etilishi - G‘arb ommasi o‘yiniga o‘ynash. Bu Rossiya bilan munosabatlarni keskinlashtirishga qaratilgan», - deya aytib o‘tdi Balbek.
Uning qo‘shimcha qilishicha, G‘arbning «jazavasi», Ukraina tomonidan tajovuzkorlik hamda jahon chempionati Rossiyani «pozitsiyani yengillashtirish» va tinchlik haqidagi «shubhali» muzokaralarga kirishishga majburlay olmaydi.
Balbekning ta'kidlashicha, Ukrainaning Azov dengizidagi istalgan xatti-harakatlari to‘laqonli harbiy hujum sifatida ko‘riladi, Rossiya bunga xuddi shunday javob qaytaradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ukrainalik general Rossiya hammasini qaytarishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026