Jahon | 12:19 / 15.06.2018
16706
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston hukumati Livanga harbiylar yuborish bo‘yicha taklifni ma'qulladi

Foto: ortcom.kz

Qozog‘iston parlamenti senati va majlisi deputatlari prezident Nursulton Nazarboyevning Livanga, BMT missiyasida ishtirok etish uchun 120 nafar harbiy xizmatchini yuborish bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatlab chiqishdi. 

«Qozog‘iston qurolli kuchlari tinchlikparvarlik bo‘linmasini Livandagi BMT missiyasiga yuborish masalasi ishlab chiqildi va o‘rganildi», - deya mamlakat prezidenti taklifiga izoh bergan respublika mudofaa vaziri Saken Jasuzakov.

Uning ta'kidlashicha, Qozog‘iston qurolli kuchlari bu amaliyotda ishtirok etib, «koalitsion guruh doirasida qo‘shinlardan foydalanishni rejalashtirish va o‘zaro aloqalar masalasini ishlab chiqish, jangovar ko‘nikmalarga ega bo‘lish, tinchlikparvarlik hamda gumanitar amaliyotlar bo‘yicha tajriba to‘plash» imkoniga ega bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid