Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rosatom» O‘zbekistondagi reaktor uchun yadroviy yonilg‘i jo‘natdi
«Rosatom»ning «TVEL» yonilg‘i kompaniyasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti (YaFI) maydonchasida foydalaniluvchi VVR-SM tadqiqot reaktori uchun yadroviy yonilg‘i jo‘natdi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berilgan.
«Buyurtmachiga Novosibirsk kimyo konsentratlar zavodida ishlab chiqarilgan IRT-4M 56ta oltita quvurli issiqlik ajratuvchi yig‘ilmalar», - deyiladi xabarda.
VVR-SM reaktori uchun yadro yoqilg‘ini yetkazib berish bo‘yicha kelishuv 2017 yilning noyabr oyida «TVEL» AJ va YaFI o‘rtasida imzolangan.
VVR-SM reaktori yadro fizikasi, radiatsion materialshunoslik, faollashtirish tahlili, minerallarning nurlanishi sohasidagi tadqiqotlarni olib borishda, shuningdek, tibbiy va sanoat maqsadlarida radioizotoplarni ishlab chiqarishda ishlatiladi. Qurilma 2015 yilgacha Rossiyada ishlab chiqarilgan yadro yoqilg‘isi bilan barqaror ta'minlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev atom energetikasini Rossiya bilan hamkorlikning strategik yo‘nalishi, deb hisoblashi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:49 / 04.06.2026
Toshkentda 40 ta zamonaviy AYoQSh qurish rejalashtirilmoqda
09:37 / 27.05.2026
Rossiya yonilg‘i eksportiga yangi cheklovlar joriy etishi mumkin
10:45 / 12.05.2026
Fermerlar uchun dizel yonilg‘isi bo‘yicha subsidiya joriy etildi
20:56 / 25.03.2026