Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara bo‘yicha navbatdagi muzokarani o‘tkazdi
2018 yilning 8-14 iyun kunlari Andijon shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha ikki mamlakat hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv doirasida 2017 yil 5 sentabrdagi O‘zbekiston - Qirg‘iziston Davlat chegarasi to‘g‘risidagi Shartnomaga kiritilmagan uchastkalardan O‘zbekiston - Qirg‘iziston chegarasining o‘tish chizig‘ini tavsiflash bo‘yicha ish davom ettirildi.
Qo‘shma faoliyat konstruktiv asosda va do‘stona ruhda o‘tgan. Muzokaralar yakunida tegishli Bayonnoma imzolangan.
Mavzuga oid
08:28
Chegara orqali narkotik tashish bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
18:42 / 08.05.2026
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston sug‘orish suvini yetkazish jadvalini kelishib oldi
07:40 / 07.05.2026