Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jazoni ijro etish muassasalari ichki tartib qoidalariga qo‘shimchalar kiritiladi
Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida Ichki ishlar vazirligining «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi buyrug‘i e'lon qilindi.
Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga quyidagi qo‘shimchalar kiritilishi rejalashtirilgan:
267-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:
«Advokatlar o‘zlarining himoya ostidagi shaxslar bilan audio va video kuzatuv qurilmalari bo‘lmagan maxsus xonalarda hamda begona shaxslarning ishtirokisiz o‘z vaqtida va hech qanday to‘siqlarsiz uchrashishi ta'minladi, bunda advokat va himoya ostidagi shaxsning suhbatini uchinchi shaxslar eshitishini istisno etgan holda ularni vizual ko‘rib turish imkoniyati saqlab qolinadi.».
268-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:
«Advokatning mahkum bilan uchrashish jarayonida elektron vositalardan (mobil telefon, fotoapparat va diktofon) foydalanish imkoniyati yaratiladi. Bunda advokat tomonidan elektron vositalardan ma'lumotlarni qayd etish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.».
Quyidagi mazmundagi 268-1-band bilan to‘ldiriladi:
«268-1. Advokat tomonidan elektron vositalardan ma'lumotlarni qayd etish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda uchrashuv muddatidan ilgari to‘xtatilib, JIEM boshlig‘i tomonidan ushbu holat yuzasidan tekshiruv tayinlanadi. Tekshiruv natijalari xulosa nusxasi bilan birga JIEBBga, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga va guvohnoma bergan hududiy adliya organiga zudlik bilan yuboriladi.».
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
10:56 / 17.04.2026