Jahon | 13:18 / 16.06.2018
25291
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh: Jahon chempionati terrorchilar uchun yaxshi nishonga aylanishi mumkin

Foto: Reuters

AQSh Davlat departamenti Rossiyadagi JCh-2018ga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan amerikaliklarga murojaat bilan chiqdi.

«Jahon chempionati kabi keng ko‘lamli xalqaro hodisalar terrorchilar uchun juda «jozibador» nishon sanaladi. Jahon chempionatida xavfsizlik choralari kuchaytirilishiga qaramay, terrorchilar stadionlar, fan-hududlar, diqqatga sazovor joylar, vokzallar va boshqa jamoat joylariga hujum uyushtirishi mumkin», - deyiladi idora murojaatida.

Shuningdek, Amerika hukumatining ta'kidlashicha, Rossiyada ishqibozlar shilqimliklarga uchrashi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa mansabdor shaxslar tomonidan kamsitilishi mumkin.

Amerikaliklar xorijliklar orasida jahon birinchiligi uchrashuvlariga chiptalar xarid qilish bo‘yicha yetakchi sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina JCh-2018 nega translyatsiya qilinayotganini tushuntirib bergandi.

Mavzuga oid