Jahon | 08:09 / 16.06.2018
9927
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya janubiga “Gayemi” to‘foni yopirildi

Foto : NASA

Yaponiya janubidagi Okinava orollariga “Gayemi” to‘foni yopirilib, o‘zi bilan birga kuchli yomg‘irlar va shamollar olib keldi, bir qator hududlarda rekord darajadagi yog‘ingarchilik haqida ogohlantirish e'lon qilingan. 

Yaponiya bosh meteorologik agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, to‘fon markazida shamol tezligi 20 m/coniyani tashkil qilmoqda, kuchayganda esa 30 m/soniyagacha yetmoqda. 

Ob-havo mutaxassislarining ma'lum qilishicha, to‘fon yopirilgan hududlarda yog‘ingarchilik tezligi soatiga 110 mmni tashkil qilmoqda. Yaqin 48 soat ichida 500 mmgacha yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Jumladan, Okinava prefekturasining g‘arbida joylashgan Ixeya aholi punktida yog‘ingarchilik miqdori bo‘yicha 50 yillik rekord qayd qilindi. 

Mutaxassislar to‘lqinlar ko‘tarilishi, sellar oqishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda. To‘fon joriy yilda Yaponiyada qayd qilingan 6-to‘fon bo‘ldi. 

Mavzuga oid