Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Avtomobilsiz kun» aksiyasi qachon o‘tkaziladi?
Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining «Yo‘l harakati xavfsizligi kunini o‘tkazish va yo‘l-transport hodisalari profilaktikasi samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi qaror loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan haftaning har juma kuni «Yo‘l harakati xavfsizligi kuni» etib belgilanishi mumkin. Ushbu kunda quyidagi tadbirlarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratiladi:
yo‘l harakati ishtirokchilari orasida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini shakllantirish, ularning qonunga itoatkorlik xulq-atvorini ommalashtirishga qaratilgan samarali targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda aholi bilan yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz rioya qilish, shu jumladan, yo‘l-transport hodisalari eng ko‘p sodir etiladigan hududlarda aholi orasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish orqali tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
keng jamoatchilik ishtirokida joylarda yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq huquqbuzarlik sodir etilish sabablari va bunga imkoniyat yaratayotgan shart-sharoitlar hamda ularni bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralarni tanqidiy muhokama qilish;
respublika va mahalliy tele- va radiokanallarda maxsus teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarni tashkil etish orqali yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik oqibatlari, piyodalar va transport vositalari haydovchilarining aybi bilan yuz bergan yo‘l-transport hodisalari va bu borada ularning javobgarligi masalalarini muntazam ravishda yoritib borish orqali keng jamoatchilikka profilaktik ta'sir ko‘rsatish;
yo‘l harakati xavfsizligi va yo‘l-transport hodisalari profilaktikasi masalalari bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet tarmog‘ida maqolalar, sharhlar va boshqa materiallar chop etilishini tashkil etish.
«Yo‘l harakati xavfsizligi kuni» doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni nazorat qilish, monitoringi, shuningdek, vakolatli organlar va muassasalarning faoliyatini muvofiqlashtirish Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, hujjat bilan yo‘l harakati xavfsizligi kunini o‘tkazish bo‘yicha namunaviy dastur;
yo‘l harakati xavfsizligi kuni doirasida tadbirlarni tashkil etish sxemasi tasdiqlanishi mumkin.
Dasturning bajarilishi uchun mas'ul bo‘lgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda dasturda belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi hamda ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etadilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash, yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lishiga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini;
«Tasviriy oyina» ijodiy birlashmasi bilan birgalikda jamoat joylari va jamoat transportida yo‘l harakati xavfsizligiga bag‘ishlangan ijtimoiy mavzudagi ko‘rgazmali tashviqot materiallari (qo‘llanmalar, esdaliklar, flayerlar, plakatlarni) joylashtirilishini (tarqatilishini);
jamoatchilikni yo‘l harakati xavfsizligi kuni doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishga keng jalb etishni ta'minlaydilar.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Avtomobil transporti agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Yoshlar ittifoqi va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda keng jamoatchilik ishtirokida har oyning uchinchi juma kunida «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladi.
Respublikaning barcha hududlarida «Avtomobilsiz kun» aksiyasini o‘tkazishga qaratilgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma'naviy hamda targ‘ibot-tashviqot chora-tadbirlari dasturi ishlab chiqiladi.
Mazkur dasturni tayyorlashda quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratiladi:
«Avtomobilsiz kun» aksiyasining mazmun-mohiyatini, uning ekologik holatni yaxshilashga, atmosfera havosini muhofaza qilishga chorlaydigan, shu jumladan, transport vositalarisiz harakatlanish mumkinligini namoyish qilishni o‘zida mujassam etgan, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil qilish;
haydovchilarni yo‘l harakati xavfsizligi, ekologik muhitni yaxshilashga qo‘shayotgan hissasi, haydovchining transport vositasisiz bir kunlik hayotini atroflicha yoritishga qaratilgan maxsus teleko‘rsatuvlar va radio eshittirishlar tashkil etiladi.
«Avtomobilsiz kun» aksiyasi doirasida tashkil etiladigan tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjyeti, mahalliy byudjyet mablag‘lari, Yoshlar ittifoqi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi mablag‘lari hamda homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
12:12 / 05.02.2026