Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda KXDR yadro obektlari soni hisoblab chiqildi
AQShdan ma'lum qilishlaricha, KXDRda yadro raketalari va quroli ishlab chiqishda foydalaniluvchi taxminan 3 mingta obekt hamda inshootlar bor. Bu haqda Janubiy Koreyaning «Munxva ilbo» gazetasi Amerika hukumati ma'lumotlariga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, bunday ma'lumot sun'iy yo‘ldosh suratlari asosida olingan. Shu bilan birga, KXDR yadro va raketa obektlarini tekshirish hamda inspeksiyadan o‘tkazish vaqtida yashirin inshootlar borligi aniqlansa, turli ko‘rinishdagi mushkulliklar ham kelib chiqishi mumkin.
Bundan tashqari, ta'kidlanishicha, Amerika va Shimoliy Koreya tomoni o‘rtasida yadrosizlanish bo‘yicha muzokaralar «juda ko‘p vaqtni talab etadi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In yana bir davlat yetakchisi bilan uchrashishi mumkin ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:07
Yevropada AQShga ishonch tarixiy minimumga tushdi
10:06
AQSh AI tahdidlari sabab kiberxavfsizlik talablarini kuchaytirdi
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
09:59 / 10.06.2026