O‘zbekiston | 12:18 / 18.06.2018
50131
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onadagi yana bir tuman hokimi ishdan ketdi

Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani hokimi Mahammadjon Dehqonov ishdan olingan. «Kun.uz» manbasi ma'lumotiga ko‘ra, tumanga Akmaljon Azimovich Muhammadaliyev yangi hokim etib tayinlangan.

Hokim bilan birga tuman IIB boshlig‘i va soliq inspeksiyasi rahbari ishdan olingan (tuman prokurori avvalroq ishdan ketgandi - tahr.). Ayni vaqtda bu sektorlarga birinchi o‘rinbosarlar v.b sifatida tayinlangan.

Mahammadjon Qalandarovich Dehqonov 12 iyun kuni prezidentning Farg‘ona viloyatiga tashrifi vaqtida oxirgi marta ogohlantirilgandi.

Endilikda Uchko‘prik IIBning sobiq rahbariga aylangan podpolkovnik Xoldarov Muzaffarjon Mahmudovich ham shu yilning 3 martida lavozimga tayinlangandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid