12 iyun kuni Farğona viloyatining Oltiariq tumani hokimligida prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida bölib ötgan videoselektor yiğilişi vaqtida viloyatdagi Furqat tumani hokimi işdan olingan.
«Kun.uz» muxbiri xabar qilişiça, Furqat tumani hokimi Ahadjon Mamayunusoviç Madaminov hamda uç sektor rahbari (tuman boş militsioneri, tuman boş soliqçisi va tuman prokurori) işdan ketgan.
Viloyatning Uçköprik tumani «törtligi» esa qattiq tanqid qilinib, oxirgi marta ogohlantirilgan. Farğona viloyati matbuot xizmati ma'lumotiga köra, ayni vaqtda Uçköprik tumani hokimi Mahammadjon Qalandaroviç Dehqonov hisoblanadi. Undan oldingi hokim Yölçiboy Boyjigitov şu yilning aprel oyida boş vazir Abdulla Aripov tomonidan ötkazilgan videoselektor yiğilişida qattiq hayfsan olgandi (ta'lim tizimi xodimlarini köça tozalaş, mahallalarni obodonlaştiriş, yöl çetlariga gul ekiş va dala işlariga muntazam ravişda jalb etib kelgani uçun). U qaçon işdan böşatilib, örnini Dehqonov egallagani haqida internetda ma'lumot mavjud emas.
Şuningdek, Danğara tumani Içki işlar bölimi boşliği, podpolkovnik Rustamjon Tojiyev sektor rahbari sifatida hududidagi vaziyatga e'tibor bermagani uçun işdan olingan. U 2017 yilning fevralida Danğara tuman IIBga boşliq etib tayinlangandi.
Eslatib ötamiz, şu yil aprelida Danğara tumani eşak göşti mojarosi tufayli «maşhur» bölgandi.








