Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada qayiqning cho‘kishi oqibatida o‘nlab odamlar bedarak yo‘qoldi
Indoneziya g‘arbida qayiqning cho‘kishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, voqea Shimoliy Sumatra viloyatidagi Toba ko‘lida yuz bergan. Qutqaruv xizmati yo‘qolganlarni qidirish bo‘yicha amaliyot o‘tkazmoqda.
Jakarta Post nashrining ma'lum qilishicha, qayiq bortida 80 ga yaqin odam bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, hozirda 5 kishini qutqarib olishga muvaffaq bo‘lingan. Qolgan tafsilotlar hozircha noma'lum.
Mavzuga oid
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
19:34 / 11.01.2026