Putin va Tramp nega uchrashishi kerakligi aytildi
AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar uzoq vaqt davomida «dahshatli» bo‘lgan, hamda endi bu holatni qanday o‘zgartirish mumkin ekanini tushunish mushkuldir, deb yozyapti The Spectator.
Biroq, agarda AQSh prezidenti Donald Tramp «reklamadagi» kabi iste'dodli bo‘lib chiqsa, bu vaziyatni to‘g‘rilash mumkin, deyiladi materialda. Nashr muallifi Den Depetris Putin va Trampning ehtimoliy uchrashuvini «blokbaster» deb atagan.
Shuningdek ta'kidlanishicha, Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi ehtimoliy uchrashuv yuz beradigan bo‘lsa, Qo‘shma Shtatlar prezidenti «qandaydir ahmoqona ishni qilishi» bo‘yicha xavf ham bor. Masalan, u Qrimni tan olishi yoki NATOni - «tekinxo‘rlar klubiga» chiqarib qo‘yishi mumkin, deb yozadi The Spectator.
Muallifning fikricha, Putin jahon tartibi ishtirokchisi bo‘lmoqchi ekani, Rossiya esa AQShning yetakchisi pozitsiyasini tan olishi borasida yolg‘on gumonlar ham yuzaga kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Putin bilan taxminan qachon uchrashishini aytgandi.
Mavzuga oid
10:30 / 03.10.2024
Putin urushda qatnashayotgan sudlanuvchilarni jazodan ozod qildi
08:30 / 02.10.2024
Die Zeit: Shols Putinga qo‘ng‘iroq qilmoqchi
08:50 / 01.10.2024
Putin RF Xavfsizlik kengashi tarkibini 35 kishigacha kengaytirdi
23:50 / 30.09.2024