Sport | 01:01 / 19.06.2018
13074
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018. Keyn so‘nggi daqiqalarda Angliyaga g‘alaba keltirdi

Foto: Getty Images

Jahon chempionati G guruhidan o‘rin olgan Angliya hamda Tunis terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. "Volgograd Arena"da kechgan uchrashuv inglizlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

11-daqiqada Keyn hisobni ochdi. 35-daqiqada Sassi penaltidan unumli foydalanib, oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Asosiy vaqt uchun qo‘shib berilgan ilk daqiqada Keyn gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. 

1-tur yakuniga ko‘ra Angliya terma jamoasi 3 ochko to‘plagan holda to‘plar nisbatiga ko‘ra Belgiyadan keyin ikkinchi o‘rinni band qilib turibdi. 3-o‘rinni Tunis band qilib turgan bo‘lsa, so‘nggi pog‘onani Panamaga egallagan. 

G guruhi 
Tunis - Angliya - 1:2
 (1:1)
Gollar: Keyn, 11 (0:1). Sassi, 35 - penalti (1:1). Keyn, 90+1 (1:2). 
Tunis: Assen (Ben Mustafa, 16), Bronn, S.Ben Yussef, Meria, Maalul, Skiri, Sassi, Badri, Sliti (Ben Amor, 74), F.Ben Yussef, Xazri (Xalifa, 85).
Angliya: Pikford, Stouns, Maguayr, Uoker, Tripper, Xenderson, Lingard (Dayyer, 90+3), Alli (Loftus-Chik, 80), Yang, Keyn, Sterling (Reshford, 68).
Ogohlantirishlar: Uoker, 33.

Mavzuga oid