Jahon | 17:49 / 20.06.2018
13157
1 daqiqa o‘qiladi

Shoygu Qrimdagi «noyob qo‘shinlar guruhi» haqida aytdi

Foto: RIA Novosti/Vadim Savitskiy

Rossiya qo‘shinlarining Qrimdagi guruhi hujum yuz beradigan bo‘lsa, raqibga «bironta imkoniyat qoldirmaydi». Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

Vazir ilk bor Sevastopolda bo‘lib o‘tgan harbiy kollegiya sayyor yig‘ilishida chiqish qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yarim orolda noyob turlararo guruh tashkil etildi va mustahkamlanmoqda.

«Uning zamonaviy yuqori texnologiyali qurollar tizimi Rossiya hududiga kirmoqchi bo‘lgan istalgan ehtimoliy raqibga bironta imkoniyat qoldirmaydi», - deya aytib o‘tdi Shoygu.

Uning ta'kidlashicha, Qrim mamlakat harbiy xavfsizligini ta'minlashda muhim o‘rin tutishda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina birinchi prezidenti Rossiya Qrimdan o‘z xohishiga ko‘ra voz kechishi mumkin ekani haqida ma'lum qilgandi

Mavzuga oid