Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haqiqiy savdo urushi. Xitoy AQSh fermerlariga ziyon yetkazishga va'da berdi
Xitoy Xalq Respublikasi tijorat vaziri Chjun Shanning ma'lum qilishicha, AQSh hukumati ikki tomonlama savdo masalalari bo‘yicha «qiziqqon» qarorlar qabul qildi. Shuningdek, uning va'da berishicha, Xitoyning yangi savdo choralari AQSh ishchilari va fermerlariga iqtisodiy ziyon yetkazadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Chjun Shan Qo‘shma Shtatlar bilan savdo muzokaralariga ijobiy baho bergan, biroq, shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, Amerika hukumati ulardan so‘ng «oldindan taxmin qilish mushkul bo‘lgan» tarzda harakat qilmoqda. Shuning uchun, vazirning fikricha, Pekin aniq samara beradigan savdo choralarini ko‘rishi kerak.
Uning ta'kidlashicha, AQShning protektsionistik iqtisodiy siyosati Amerika ishchilari va fermerlariga zarar yetkazadi, sababi Xitoy javob qadamlarini qo‘yadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Trampning tahdidiga javob qaytargandi.