O‘zbekiston | 13:04 / 21.06.2018
6429
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda veloharakat rivojlantiriladi 

Andijon shahrida velosipedchilar uchun yo‘laklar tashkil etiladi. Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Yu.Otabekov ko‘chasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish asnosidagi yig‘ilishda bu bo‘yicha shahar hokimligi rahbarlariga aniq topshiriqlar berdi. Bu haqda uning Facebook’dagi sahifasida xabar qilingan.

Foto: Facebook/@abdurahmonovshuxratbek

Andijon shahrida 425 ming aholi istiqomat qiladi. Qariyb 40 mingga yaqin avtotransport vositalari mavjud. Viloyat miqyosida esa 187 mingta avtoulov bor. Qatnovning ko‘pligi, atrof-muhit musaffoligini saqlash masalasi piyoda yoki ekologik toza transport vositasida harakatlanishni keng targ‘ib qilishni taqozo etadi. 

Foto: Facebook/@abdurahmonovshuxratbek

Shularni nazarda tutib, Andijon shahridagi 7ta markaziy ko‘chada velosipedchilar uchun umumiy 28,6 km uzunlikdagi yo‘lakchalar tashkil qilinadi. Bir tomonlama yo‘lakchalarning eni 2,25 metr, ikki tomonlama yo‘lakchalarniki 3,25 metr bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Foto: Facebook/@abdurahmonovshuxratbek

Dastlabki bosqichda 500 ta zamonaviy velosipedlar olib kelinib, 20 ta prokat maskani tashkil qilinadi va barcha maskanlar yagona elektron tizimga ulangan holda ishlaydi. 

Foto: Facebook/@abdurahmonovshuxratbek

Bundan tashqari, ushbu yo‘nalishda axborot texnologiyalarini keng qo‘llagan holda velosipedlarni ijraga olishdan tortib uni to‘lovlari to‘liq avtomatlashtiriladi. Bu borada viloyat hokimi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish boshqarmasiga aniq takliflarni ishlab chiqish va bu yo‘nalishda xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish bo‘yicha topshiriqlarni berdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid