Jahon | 14:53 / 21.06.2018
3596
1 daqiqa o‘qiladi

Yevroittifoq qo‘mitasi memlardan foydalanishni taqiqlamoqchi 

Foto: AP

Yevropa ittifoqi qo‘mitasi saytlarga mualliflik huquqlarini buzuvchi materiallarni joylashtirishni taqiqlash bo‘yicha talab qo‘yadigan qonun loyihasini ma'qulladi. Bu haqda The Independent yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, qonun loyihasining 11- va 13-moddalari yirik internet-kompaniyalar noroziligiga sabab bo‘ldi. 11-moddaga muvofiq, ular boshqalarning ishi qismlaridan foydalanganlik uchun to‘lovni amalga oshirishi lozim. Xususan, Google va Twitter foydalanuvchilar materialga kirishidan avval, maqola yoki boshqa bir ishning bir qismini ko‘p bora joylashtiradi. Yangi qoidalarga ko‘ra, bunday qismlardan foydalanganlik uchun ruxsatnoma talab etiladi.

13-modda tufayli memlar yo‘qolib ketishi mumkin, sababi ularda aksariyat holatlarda taniqli kishilar tasviri yoki filmlar va teleshoulardan kadrlar qo‘yiladi. Veb-saytlar barcha tasvirlarni tekshirishga majbur bo‘ladi, bu ular mualliflik huquqini buzmasligiga ishonch hosil qilish uchun kerak.

Mavzuga oid