Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimoliga izoh berdi
Foto: AP/ Jorge Silva, pool
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Kremlda hozircha Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin hamda Donald Tramp uchrashuvi bo‘yicha rasmiy bayonot yo‘qdir. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«Yaxshi bilasizlarki, bu borada na Kremldan, na Oq uydan hech qanday rasmiy bayonotlar berilmadi. Bizda hozircha aytadigan gap yo‘q. Qachon tayyor bo‘lsak, o‘shanda tegishli bayonot bilan chiqamiz. Times gazetasiga keladigan bo‘lsak, u Britaniya xalqi pozitsiyasini to‘liq bera olmaydi, deb hisoblaymiz», - deya aytib o‘tdi Peskov.
Avvalroq, The Times gazetasi Britaniya hukumatidagi manbalarga asosan Vashington Tramp va Putinning uchrashuvi iyulda bo‘lib o‘tishini xohlayotganini ma'lum qilgandi.
O‘z navbatida, AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika hukumati Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilash niyatida ekanini aytdi.
Mavzuga oid
12:10
Ushakov: Tramp Putin rezidensiyasiga “hujum” haqidagi gaplardan shokda
09:10
Tramp Putinning qarorgohiga “hujum” haqidagi gaplaridan g‘azablangan
21:21 / 29.12.2025
Putin Zaporojiye shahrini egallash uchun hujumni davom ettirishni buyurdi
14:10 / 29.12.2025