Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilash istagida ekanini ma'lum qildi
Foto: Getty Images
AQSh prezidenti Donald Trampning o‘z tarafdorlari mitingida ma'lum qilishicha, Amerika hukumati Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilash niyatida. Tramp chiqishi translyatsiyasi prezidentning tvitterdagi sahifasida joylashtirildi.
«Men sizlarga bir narsa aytaman. Biz Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilamoqchimiz», - deya aytib o‘tdi Tramp Minnesota shtatining Dulut shahrida o‘z tarafdorlari tomonidan tashkil etilgan mitingda.
Shu bilan birga, Amerika prezidentining ma'lum qilishicha, Rossiya rasmiylari Qo‘shma Shtatlarda 2016 yilda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida demokratlardan nomzod Xillari Klinton g‘alaba qozonishini istagan. Uning fikricha, Rossiyadagilar uning g‘alabasi mamlakat uchun «yaxshi» bo‘ladi, deb hisoblashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq CNN Trampning tvitterdagi «g‘alati» xatti-harakati haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
17:29
BAAga aloqador kompaniya Trampning kripto biznesida katta ulushdor ekani ma’lum bo‘ldi
17:08
Grenlandiyaning tub aholisi kimlar va u qanday qilib Daniyaga tegishli bo‘lib qolgan? AQSh nega bu orolga qiziqmoqda?
15:41
Zelenskiy: Hududlar masalasida qaror qabul qilish Putin bilan aloqani talab etadi
15:12