Jahon | 17:21 / 21.06.2018
16336
1 daqiqa o‘qiladi

Lavrov: AQSh bu sohada o‘zini chempion deb bilardi

Foto: RIA Novosti / Mixail Voskresenskiy

Rossiya tashqi siyosat idorasi rahbari Sergey Lavrov AQShning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashidan chiqish haqidagi qaroriga oid o‘z fikrini bildirdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Vashingtonning qarori yakuniy emasligi, hamda AQSh BMTga inson huquqlariga rioya etish masalasi bo‘yicha yaqin bo‘lib qolishiga umid qilmoqda.

«Bu sohada, yaxshi bilasizlarki, Qo‘shma Shtatlar o‘zini chempion deb hisoblaydi, hamda, aftidan, bu shunday. Biroq, ularda Inson huquqlari bo‘yicha kengashda ishlashga imkon beruvchi sabablar bo‘lishi kerak», - deya ma'lum qildi Lavrov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, gap Amerikadan farqli pozitsiyada bo‘lganlar bilan ishlash haqida ham ketmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lavrov Rossiyaning BMT bo‘yicha pozitsiyasini bildirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid