Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Putin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi
Ukraina yetakchisi Pyotr Poroshenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan o‘zaro telefon muloqoti o‘tkazdi. Bu haqda Ukraina rahbarining matbuot xizmat xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Poroshenko suhbat chog‘ida «Rossiya qamoqxonalarida saqlanayotgan ukrainalik asirlarni ozod etishga chaqirdi».
«Shuningdek, u inson huquqlari bo‘yicha vakolatli vakili Lyudmila Denisovaning Oleg Sentsov va boshqa mahbuslarni ko‘rishi uchun imkoniyat berilishi muhimligini ta'kidlab o‘tdi», - deyiladi xabarda.
Donbassda BMT missiyasini joylashtirish konsepsiyasini muvofiqlashtirish maqsadida «normand shaklidagi ishlarni faollashtirish muhimligi» qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina birinchi prezidenti Rossiya Qrimdan o‘z xohishiga ko‘ra voz kechishi mumkin ekani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026