Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an o‘zining prezidentlik saylovidagi g‘alabasini e'lon qildi
Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik hamda parlament saylovlari natijasiga ko‘ra, xalq unga ishonch bildirganini ma'lum qildi. Bu haqda Erdo‘g‘an NTV telekanali translyatsiya qilgan Istanbuldagi chiqishi vaqtida aytib o‘tdi.
"Xalqimiz menga prezidentlik majburiyatlarini bajarish vazifasini ishondi", – deya Erdo‘g‘an so‘zlariga iqtibos keltirmoqda RIA "Novosti".
"Saylovlarda qatnashish 90 foizga yetdi va ko‘plab mamlakatlar uchun namuna bo‘ldi. Turkiya bo‘ylab saylovlarning yuqori darajada tashkil qilinishi katta mamnuniyat bag‘ishlaydi", – degan Erdo‘g‘an.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya hukumati 2023 yilgacha mamlakatning rivojlanish konsepsiyasidagi maqsadlarni amalga oshirishga qattiq kirishadi.
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘anni prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasi bilan tabriklagani ma'lum qilingan edi.
Mavzuga oid
19:44 / 25.04.2026
AQSh–Eron urushi fonida Turkiya nega asabiylashmoqda?
18:07 / 25.04.2026
Eron urush tufayli yopilgan xalqaro aviaqatnovlarni qayta tikladi
23:00 / 24.04.2026
Turkiyada 15 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlarga kirish taqiqlandi
22:57 / 23.04.2026