Jahon | 10:15 / 25.06.2018
1027
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa ittifoqi yetakchilari migratsiya inqirozini hal qilish bo‘yicha kelisha olishmadi

Foto: AFP / JOHN THYS

Umumevropa sammiti arafasida Yevropa ittifoqining 16 ta davlati Bryusselda migratsiya inqirozi bo‘yicha shoshilinch yig‘ilish o‘kazishni boshlashdi. 

Yevropa ittifoqi yetakchilari migratsiya inqirozi masalasi bo‘yicha yagona pozitsiyaga kelisha olishmagan, deb xabar berdi Bloomberg. Yevropa ittifoqi davlatlarining bir qismi muzokaralarda ishtirok etishdan bosh tortgach, buni Germaniya kansleri Angela Merkel ham ochiqchasiga tan olgan.  

“Afsuski, migratsiya inqirozi bo‘yicha YeI sammitida umumiy qarorga erisha olmasligimizni bilamiz. Shu sababli bizga ikki tomonlama yoki uch tomonlama kelishuvlar zarur”, deb aytgan Merkel.

Bryussseldagi noramiy sammitga YeIning 28 ta davlatidan 16 ta davlati yetakchilarigina kelgan. Le Monde nashrining ma'lum qilishicha, muzokaralarda ishtirok etishdan Vengriya, Polsha, Chexiya va Slovakiya yetakchilari bosh tortgan.

Italiya muhojirlarni YeIning barcha davlatlari o‘rtasida taqsimlashni va muhojirlarni qabul qilayotgan davlatlarga kengaytirilgan yordam ko‘rsatilishini talab qilmoqda, biroq Vengriya, Polsha, Chexiya va Slovakiya qochqinlarni qabul qilishdan bosh tortmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid