Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumani hokimi o‘zgardi
Xalq deputatlari Qo‘shtepa tumani kengashining navbatdan tashqari 51-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev qatnashdi.
Kun tartibida asosiy masala bo‘yicha 2009 yildan beri tumanga rahbarlik qilib kelayotgan Bahromjon Azimovich Jumanov o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga ayni paytgacha viloyat hokimining iqtisodiyot tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari kotibiyat mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Ilyos Valeriyevich Novikov tayinlanganligi deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
B.Jumanovning uzoq yillik faoliyati to‘g‘risida viloyat hokimi, deputatlar, hamda tuman faollari ijobiy fikrlar bildirib o‘tishdi. Shu bilan birga, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham tilga olinib, bu boradagi ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yangi tayinlangan rahbar oldidagi muhim vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Mavzuga oid

19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m

12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi

15:15 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj

15:15 / 19.04.2025