O‘zbekiston | 18:45 / 25.06.2018
14566
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston prezidenti O‘zbekiston bilan do‘stlikni mustahkamlashga chaqirdi

Foto: tajikistantimes

Tojikiston rahbari Imomali Rahmon So‘g‘d viloyatiga qilgan safari chog‘ida O‘zbekiston bilan do‘stlikni mustahkamlashga chaqirdi, deya xabar beradi Sputnik Tojikiston.

U O‘zbekiston bilan chegaradosh bo‘lgan Shahriston tumani faollari oldida chiqish qildi va o‘zbekistonliklar bilan do‘stona hamda ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishga chaqirdi, shuningdek, tojiklar bu hududdagi o‘zbeklar bilan tinch-totuv yashayotganini ta'kidladi.

Rahmon shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik ko‘p asrlik ildizlarga ega ekanligi va uning boshida Mavlono Abdurahmon Jomiy hamda Mir Alisher Navoiy bo‘lganini eslatib qo‘ydi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tinchlik va barqarorlik hukm suradigan davlatlar barqaror rivojlanib, jahon miqyosidagi obro‘-e'tiborini oshiradi.

Avvalroq, 2018 yil birinchi choragida O‘zbekistonning Tojikiston bilan savdo aylanmasi ikki barobarga oshganligi haqida xabar berilgan edi. Yanvar-may oylarda bu miqdor taxminan 94 million dollarni tashkil etdi.

O‘zbekiston Tojikiston ijobiy savdo balansiga ega bo‘lgan Moldovadan keyingi ikkinchi mamlakatdir.

Mavzuga oid