Jahon | 11:23 / 27.06.2018
2210
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiya bosh vaziri Britaniyadan Parfenon haykallarini qaytarishni talab qildi

Foto: Getty Images

Gretsiya bosh vaziri Aleksis Tsipras Buyuk Britaniya hukumatini Parfenon haykali va metopasini qaytarishga chaqirdi. Bu haqda «Ekathimerini.com» portali xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu haykaltaroshlik namunalari jahon madaniy merosining bir qismi hisoblanadi, biroq ularning o‘rni Parfenonda.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Gretsiya mamlakatdan britaniyalik lord Elgin tomonidan 19-asr boshida noqonuniy ravishda olib chiqib ketilgan san'at asarlari qaytarilishini talab qiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid